8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

22:16 / 03.05.2019 33562

«Bunyodkor» yana jar yoqasida. Klub avtobusi olib qo‘yilgan, hisob raqami ham «muzlatilgan»

Superliga turnir jadvalida 4-o‘rinda borayotgan Toshkentning «Bunyodkor» klubi yana qiyin holatda qoldi. Tribuna.uz’ga ma'lum bo‘lishicha, klubning hisob raqami «muzlatilgan», avtobusi olib qo‘yilgan va «Bunyodkor» stadionidagi klubga tegishli bo‘lgan xonalar MIB xodimlari ishtirokida muhrlangan.

Klub sobiq murabbiyi Sergey Lushchan oldidagi qarzidan 30 aprelgacha qutulishi kerak bo‘lgan va buning uddasidan chiqa olmaganidan so‘ng yuqoridagi voqealar sodir bo‘lgan. Tribuna.uz «Bunyodkor» akademiyasi tarbiyalanuvchilari qishdan buyon sovuq suvda yuvinayotgani haqida surishtiruv tayyorlagan va surishtiruv davomida klub rasmiylari «Bunyodkor» akademiyasi o‘rnida O‘FA qoshidagi Respublika bolalar-o‘smirlar maktabi ko‘chib kelmoqchi ekanini aytishgandi.

Tribuna.uz muxbiri bu borada O‘FA vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov bilan ham bog‘langan va Ahmadjonov «Bunyodkor» akademiyasi ko‘chirilishi haqidagi xabarlarni rad etgandi. Surishtiruvdan so‘ng «Bunyodkor» stadioni direksiyasi vakillari Tribuna.uz’ga aloqaga chiqib, akademiyadagi uzilishlar texnik nosozlik va kommunal qarzdorlik sabab bo‘layotganini, homiy pul o‘tkazmayotgani bois qo‘riqlash xizmati xodimlari bir oylab quruq non yeb ishlaganini achinish bilan ma'lum qilgandi.

Top