9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

01:05 / 03.05.2019 9580

“Feyyenoord” futbolchilari 120 bolaga qarshi antiqa uchrashuv o‘tkazdi (video)

“Feyyenoord” futbolchilari antiqa xayriya uchrashuvini o‘tkazishdi. Professional klubning 11 futbolchisiga qarshi maydonda 120 bola harakat qilgan. Uchrashuv 2:2 hisobidagi durang natija bilan yakunlangan.

Uchrashuv klubning bosh homiysi Opel kompaniyasi tomonidan tashkillashtirilgan.

“Biz sizni ko‘rgani kelamiz va bo‘ldi, deb o‘ylaganmidingiz? Biroq biz barchangiz bilan o‘ynash maroqliroq bo‘ladi, deb o‘ylaymiz”, deb aytgan klub yarim himoyachisi Yyens Tornstra.

Rotterdam klubi Niderlandiyaning Erediviziyasida o‘ziga Yevropa ligasida ishtirok etish huquqini beruvchi 3-o‘rinni kafolatlab qo‘ydi. Klub keyingi mavsumda Yevropa ligasidagi ishtirokini 2-saralash bosqichidan boshlaydi. 

Top