8562.34 USD +26.60

9731.96 EUR +165.96

135.34 RUB +2.77

10908.4 GBP +161.92

17:11 / 03.05.2019 7641

«O‘zbekiston temir yo‘llari» may oyida qo‘shimcha poyezdlar harakatini joriy etmoqda 

Foto: O‘zbekiston temir yo‘llari

«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 2019 yil may oyida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlari harakatini joriy etmoqda. Bu haqda AJ Axborot-tahliliy media markazi xabar berdi.

Bular:

1) 1, 2, 8, 9, 15, 16, 29, 30 may kunlari «Toshkent-Samarqand-Toshkent» yo‘nalishida 764/763-sonli yuqori tezlikda harakatlanuvchi «Afrosiyob» elektropoyezdida jami 8 ta reys;

2) 6 may kuni 008/007-sonli «Toshkent-Shahrisabz-Toshkent» yo‘nalishi bo‘yicha 1 ta reys;

3) 7, 14, 21, 28 may kunlari «Toshkent-Buxoro-Toshkent» yo‘nalishida 010/009-sonli Sharq tezyurar elektropoyezdida 4 ta reys amalga oshiriladi.

Top