11:31 / 03.05.2019
5854

Qozog‘istonning FlyArystan loukosteri O‘zbekistonga parvozlarni rejalashtirmoqda

Piter Foster/Foto: FlyArystan

Qozog‘istonning FlyArystan loukosteri Olmaota - Nur-Sulton yo‘nalishi bo‘yicha o‘zining birinchi reysini amalga oshirdi.

Xuddi shu kuni aviakompaniyaning Olmaota-Taraz-Olmaota yo‘nalishi bo‘yicha ikkinchi tijorat reysi amalga oshirildi. Shu tariqa, aviatashuvchi operatsion faoliyatining birinchi kunida jami 720 yo‘lovchini o‘z manziliga yetkazdi, deb yozmoqda Uzdaily.

«Eyr Astana» prezidenti va bosh ijrochi direktori Piter Fosterning ishonch bildirishicha, FlyArystan hamyonbop aviakompaniyasining tashkil etilishi - aviatashuvlar bozori mahalliy va mintaqaviy sharoitlarda tez o‘zgarayotgan vaziyatdagi muhim qadam, shuningdek, chuqur tadqiqotlar va biznesni rejalashtirish natijasi.

«Bugun biz Qozog‘istonda FlyArystan’ni ishga tushirmoqdamiz. Biroq taxminimizga ko‘ra, Ukraina, Gruziya, O‘zbekiston kabi mamlakatlarda shunday loukosterlarni ochish hamda strategik sheriklikni rivojlantirish imkoni bor», - dedi Foster.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya O‘zbekistonga hamkorlik taklif qilmoqchi va katta strategik rejalarni ko‘rib chiqyapti.

«Yaqin kelajakda Toshkent, Nukus, Qarshi va Farg‘ona vodiysiga reyslar yo‘lga qo‘yishni rejalashtirganmiz. Keyingi bosqichda Samarqand, Buxoro va Xiva kabi turistik shaharlarga qatnovlar boshlashni mo‘ljallaganmiz», - dedi Foster.

Top