8562.34 USD +26.60

9731.96 EUR +165.96

135.34 RUB +2.77

10908.4 GBP +161.92

21:17 / 03.05.2019 4349

«Vaqf» xayriya jamoat fondi uyini sel olgan odamlarga yordam ko‘rsatdi

«Vaqf» xayriya jamoat fondi aprel oyida respublikaning turli hududlarida kuzatilgan kuchli yog‘ingarchiliklar natijasida yuzaga kelgan talofat oqibatlarini bartaraf etish maqsadida aholiga yordam ko‘rsatmoqda.

Fond matbuot xizmati xabar berishicha, 28 aprel kuni «Vaqf» xayriya jamoat fondi rahbari Iskandar Xalilov Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani, Qizil ko‘l qishlog‘ida istiqomat qiluvchi aholi vakillari bilan uchrashgan.

«Mazkur qishloqda istiqomat qiluvchi Rahimov Sobir hamda Norchayeva Iroda tabiiy ofatdan eng ko‘p zarar ko‘rgan. Jumladan, yog‘ingarchilik natijasida ular o‘zlari yashab turgan uylaridan butkul ayrilgan edi», deyiladi xabarda.

«Vaqf» xayriya jamoat fondi tomonidan talofat oqibatlarini bartaraf etish maqsadida turli tashkilotlarning ko‘magi bilan jabrlanuvchilarga qisqa muddat ichida yangi turarjoylar qurib berilgan.

Teglar

Top