8562.34 USD +26.60

9731.96 EUR +165.96

135.34 RUB +2.77

10908.4 GBP +161.92

16:16 / 03.05.2019 5313

Yozuvchi Tugel Qozog‘iston prezidentligiga nomzod sifatida ro‘yxatga olindi

Foto: election.gov.kz

Qozog‘iston Markaziy saylov komissiyasi yozuvchi Sadibek Tugelni 9 iyunda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovida ishtirok etuvchi nomzod sifatida ro‘yxatga olish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

MSK a'zosi Baxit Meldeshovning so‘zlariga ko‘ra, Tugelni bo‘lajak saylovlarda nomzod sifatida ro‘yxatga olish uchun barcha zarur hujjatlar to‘lig‘icha taqdim etilgan va barcha talablarga javob beradi.

64 yoshli yozuvchi "Uli Dala Kirandari" (Buyuk sahro burgutlari) jamoatchilik birlashmasi tomonidan nomzod etib ko‘rsatilgan.

Avvalroq Markaziy saylov komissiyasi Nur Otan partiyasidan prezidentlikka nomzod sifatida Qosim-Jomart Toqayevni ro‘yxatga olgandi.

20 mart kuni Qozog‘istonni qariyb 30 yil boshqargan Nursulton Nazarboyev o‘z vakolatlarini topshirgandi. Uning o‘rniga parlament senati raisi Qosim-Jomart Toqayev prezident vazifasini vaqtincha bajarib turibdi. Bo‘lajak saylovlarda prezident lavozimiga yetti nafar nomzod ko‘rsatilgan.

Top