8562.34 USD +26.60

9731.96 EUR +165.96

135.34 RUB +2.77

10908.4 GBP +161.92

08:48 / 03.05.2019 19142

Zelenskiy Ukrainaning rasman saylangan prezidenti deb e'lon qilindi 

Foto: Petr Sivkov/TASS

Vladimir Zelenskiy 3 maydan boshlab Ukrainaning rasman saylangan prezidenti deb hisoblanadi. Markaziy saylov komissiyasi 3 may kuni “Hukumat kureri” gazetasida mamlakatda o‘tgan prezident saylovlarining 2-bosqichi natijalarini e'lon qildi.   

“21 apreldagi takroriy saylov natijalariga ko‘ra, Ukraina prezidenti lavozimiga nomzod Zelenskiy Ukrainaning saylangan prezidenti hisoblanadi”, deyilgan nashrning saytidagi xabarda.   

Endi shu kundan boshlab 30 kun ichida Zelenskiyning inauguratsiya marosimi bo‘lib o‘tishi kerak.

Ukraina markaziy saylov komissiyasi 30 aprelda prezident saylovlarining yakuniy natijalarini e'lon qilgandi. “Xalq xizmatkori” partiyasi nomzodi Zelenskiy saylovlarning 2-bosqichida 73,22 foiz ovoz to‘plagan, uning raqibi – amaldagi prezident Pyotr Poroshenkoni esa 24,45 foiz saylovchilar qo‘llab-quvvatlagan. 

Top