8562.34 USD +26.60

9731.96 EUR +165.96

135.34 RUB +2.77

10908.4 GBP +161.92

14:31 / 04.05.2019 10536

APLda to‘rtinchi o‘rinni olib ham YeChLdan quruq qolish mumkinmi?

Foto: AFP/Getty Images

Angliya Premer-ligasida kuchli to‘rtlik uchun kurash davom etmoqda va turnir jadvalidagi bugungi holat hali hech narsaga aniqlik kirita olmaydi. Zero. «Arsenal» so‘nggi uch o‘yinni boy berdi, «Manchester Yunayted» esa, 9 ochkolik imkoniyatdan atigi bir ochko qo‘lga kiritdi. «Tottenhem» oxirgi ikki o‘yinida yutqazdi, «Chelsi» esa ikki o‘yinda durang o‘ynadi. Ya'ni bu holatda bu jamoalarning hech biridan so‘nggi turlarda yuz foizlik natija kutish ham qiyin. 

«Tottenhem»ning YeChLda, «Arsenal» va «Chelsi»ning Yevropa Ligasida ishtirok etayotgani esa, bu borada boshqa variantlarni ham taqdim etmoqda va agar bu jamoalardan ikkisi yevrokuboklarda g‘olib chiqib, YeChLga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritishsa, ichki chempionatdagi holat qanday bo‘lishi, kimlar va nechta jamoa YeChL ishtirokchisiga aylanishi haqida savollar ko‘p. Shu savollarga javob beramiz. 

Rostdan ham YeChL va Yevropa Ligasi g‘oliblari kelasi mavsumda Chempionlar Ligasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi. Esingizda bo‘lsa, ikki yil oldin «Manchester Yunayted» Yevropa Ligasini yutgan va keyingi yili YeChLda ishtirok etish yo‘llanmasiga ega chiqqandi. O‘shanda YeChLda Angliyadan besh jamoa ishtirok etgan. 
Ammo agar jamoa ham yevrokubokda g‘olib chiqsa va ham ichki chempionatda kuchli to‘rtlikka kiradigan bo‘lsa, uning bir yo‘llanmasi boshqa jamoaga, ya'ni masalan, chempionatda beshinchi o‘rinni olgan klubga berilmaydi. Ikki yil oldin APLdan besh jamoa qatnashganining sababi, «Manchester Yunayted» APLda oltinchi o‘rinni qo‘lga kiritgandi. Demak, agar «Arsenal» Yevropa Ligasida g‘olib chiqib, APLda beshinchi yoki oltinchi o‘rinni oladigan bo‘lsa, yuqoridagi to‘rt jamoaga qo‘shilib, YeChL ishtirokchisiga aylanadi. Agar «Arsenal» ligada ham to‘rtlikka kirsa, u holda kelasi mavsumda YeChLda 4 jamoa qatnashadi. 

Yana bir qiziq holat borki, APLda 4-o‘rinni olib ham YeChLsiz qolish mumkin. YeChL reglamentiga ko‘ra, bir ligadan turnirda maksimum besh jamoa qatnashishi mumkin. Hozirda esa, APLda to‘rtlikka kira olmaydigan ikki jamoaning yevrokuboklarda g‘alaba qozonish imkoniyati bor. 

Tasavvur qiling, «Tottenhem» YeChLni, «Arsenal» esa, Yevropa Ligasini yutib oladi va har ikki jamoa ham bu bilan kelasi mavsumda YeChLda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi. Agar shu bilan birga, bu jamoalar APLda kuchli to‘rtlikka kira olmasa, ya'ni beshinchi va oltinchi o‘rinni egallagan bo‘lishsachi? U holda Angliya chempionatida 4-o‘rinni olgan jamoa YeChLda qatnashish huquqidan mahrum bo‘ladi va Yevropa Ligasiga ravona bo‘ladi.

Top