8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

14:50 / 04.05.2019 55877

Bosh prokuror: Biz olishni emas, berishni to‘xtatishimiz kerak

Foto: KUN.UZ

Davlat idoralarida korrupsiyani bartaraf etish, unga olib keluvchi sharoitlarni aniqlash bo‘yicha ishlar olib borilyapti. Ammo davlat idorasida ichki tizim ishlamasa, hech qanday naf chiqmaydi, deb hisobot berdi O‘zbekiston Bosh prokurori Otabek Murodov.

Kun.uz muxbiri xabariga ko‘ra, 4 may Senatning 19-yalpi majlisida prokuratura organlarining 2018 yildagi faoliyati yuzasidan Bosh prokuror hisobotida korrupsiya masalasiga alohida e'tibor berildi. 

«Vazirlik o‘zi hukumat idorasi. Nega vazirlikka prokuratura kelib, senda korrupsiya bor ekan deyishi kerak, nega ichki tizim yo‘lga qo‘yilmaydi? Bu haqida har bir idora bosh qotirishi kerak.

Yana bir masala. Biz olishni emas, berishni to‘xtatishimiz kerak. Berishni yo‘qotsa, olishni tugatgan bo‘lamiz. Har bir idorada ichki korrupsiyaning oldini olishga xizmat qiluvchi ichki tizimni joriy qilishni taklif etyapmiz. Bu bo‘yicha xalqaro ekspertlar guruhi ishlayapti, ular vaziyatni o‘rganib hisobot beradi va idoralarga kerakli tavsiyalarni beradi», - deydi Murodov.

Ma'lum qilinishicha, 2018 yil davomida 1907 nafar mansabdor shaxs korrupsion jinoyatlari uchun javobgarlikka tortildi. Ularning 48 nafari respublika, 191 nafari viloyat hamda 1668 nafari tuman darajasidagi idoralarda rahbarlik qilgandi.

Top