14:33 / 04.05.2019
8604

Fuqarolarni 298 000 dollarga aldab ketgan shaxs ushlandi - IIV

Illyustrativ foto

2019 yil 2 may kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentidan hujjatlar to‘plami tushgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

Ularga ko‘ra, 2018 yil mart oyida Samarqand darvoza tor ko‘chasida yashovchi X.U. uyida tanishlari - Toshkent viloyatida yashovchi Z.A., I.A. va Toshkent shahrida yashovchi X.A.ga o‘zini Sergeli tumanida joylashgan, katta miqdorda pul aylanmasi bo‘lgan korxonaning rahbari ekanligini aytib, agarda ular ham foyda olishni xohlasa 100 ming AQSh dollaridan hissa qo‘shishsa, ta'sischi qilib rasmiylashtirishini va har oyda 20 000 AQSh dollari miqdorida foyda olishlarini aytgan.

So‘ng 2018 yilning mart-aprel oylarida X.U. ikki nafar tanishidan 100 mingdan, yana biridan 98 ming, umumiy 298 ming AQSh dollari miqdoridagi pulni aldov yo‘li bilan olib, o‘zining ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborgan. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, X.U. qo‘lga olingan. 

Tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Mavzuga oid
Top