8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

13:13 / 04.05.2019 4854

Hisob palatasi: Prezidentning 3 151 ta hujjatlaridagi 25 642 ta topshiriqlar ijrosi nazoratga olingan

Olimxon Rustamov/Foto: KUN.UZ

Hisob palatasi 2018 yildagi faoliyatini nazorat tadbirlarida muammolarni aniqlash, sabablarini tahlil qilish, ularni hal etish va takliflar ishlab chiqish yo‘nalishida davom ettirdi. Shuningdek, 180 ta o‘rganish va nazorat tadbirlari o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri. 

4 may kuni Senatning 19-yalpi majlisi kun tartibida O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2018 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti tinglanishi belgilangandi. Unga ko‘ra, palata raisi birinchi o‘rinbosari Olimxon Rustamov o‘z hisobotini o‘qib eshittirdi.

«Natijada, budjetga qo‘shimcha 4 trln. 722 mlrd. so‘mlik daromad manbalari aniqlandi. Bundan tashqari, 1 trln. 197 mlrd. so‘m va 74,2 mln. dollarlik moliyaviy xato-kamchiliklar va samarasiz xarajatlar aniqlandi», - deb hisobot berdi Olimxon Rustamov.

Ta'kidlanishicha, Prezidentning 3 151 ta hujjatlaridagi 25 642 ta topshiriqlar ijrosi Hisob palata tomonidan nazoratga olingan.

Top