20:18 / 04.05.2019
15533

Nyu-Yorkda o‘zbekistonlik uch yoshli go‘dak YTH oqibatida halok bo‘ldi

Nyu-York shahrining Bruklin hududida o‘zbekistonlik go‘dak avtohalokat oqibatida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

“2019 yilning 2 may kuni mamlakatimizning Nyu-York shahridagi Bosh konsulxonasiga 2015 yil 16 dekabrda tug‘ilgan voyaga yetmagan O‘zbekiston fuqarosi E.Sh.ning o‘limiga olib kelgan avtohalokat haqida ma'lumot keldi”, deyiladi xabarda.

Ma'lumotga ko‘ra, fojiali voqea 2 may kuni soat 12.45 da Nyu-York shahrining Bruklin hududida sodir bo‘lgan. E.Sh. grin-kartaga ega bo‘lgan ota-onasi bilan AQShga kelgan.

“Konsullik-huquqiy departamenti YTHda halok bo‘lgan go‘dakning ota-onasiga va yaqinlariga ta'ziya bildiradi va Nyu-York shahridagi Bosh konsulxona konsullik okrugidagi O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda (+1 212) 230-1341, 754-7403, 838-9812 telefon raqamlari yoki info@uzbekconsulny.org elektron manzili orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatadi”, deyiladi xabarda.

Top