15:02 / 04.05.2019
17591

Oliy sud tarkibiga o‘zgartirishlar kiritildi

Foto: oliysud.uz

Senat 19-yalpi majlisda «O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi qaror senatorlar tomonidan ma'qullandi. 

Kun.uz muxbiri xabar qilishicha, senatorlar tomonidan Oliy sudning 10 nafar sudyasi saylangan.

O‘zbekiston Oliy sudining sudyasi lavozimiga saylanganlar:

Alisher Jalilov
Gulnora Parpiyeva
Shuhrat Rajabov
Sarvar Rahmonov
Kamoliddin Tolibboyev
Anvar Shukrullayev
Hasan Egamberdiyev
Erkin Ergashev
Mahmud Eshimbetov
Xurshid Eshmurodov.

Boshqa ishga o‘tish munosabati bilan 4 nafar sudya o‘z lavozimidan ozod etildi.

Top