8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

08:42 / 04.05.2019 10989

Ronaldu «Yuventus»ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi

Foto: AFP/Getty Images

Juma oqshomida kuchli beshlik chempionatlarida navbatdagi turga start berildi.

Italiyada chempionlikni rasmiylashtirib ulgurgan «Yuventus» yana durang qayd etdi. «Torino»ni qabul qilgan turinliklar Sasha Lukichning 18-daqiqadagi goliga 84-daqiqada Krishtianu Ronalduning goli bilan javob qaytarishdi – 1:1.

«Yuve» o‘tgan turda «Inter» maydonida ham xuddi shu hisobni qayd etgan, umuman, jamoa barcha musobaqalar doirasidagi oxirgi 6ta o‘yinidan faqat 1tasida g‘alaba qozona oldi, ikkita o‘yinda mag‘lubiyatga uchrashdi.

La Ligada YeChL yo‘llanmasi uchun kurashayotgan «Sevilya» o‘z uyida «Leganes»ga 0:3 hisobida yutqazib qo‘ydi. Fransiyada ham kuchli to‘rtlikka intilayotgan «Marsel» ochko yo‘qotdi – «Strasburg» maydonidagi bahsda 1:1 hisobi qayd etildi. Bundesligada esa uchinchi o‘rinda mustahkam o‘rnashgan «RB Leypsig» klubi safarda «Mayns» bilan jangvogar durang o‘ynadi – 3:3. Premer-ligada navbatdagi tur «Everton»ning o‘z maydonida «Bernli» ustidan g‘alaba qozonishi (2:0) bilan boshlandi.

Italiya chempionati, 35-tur
Yuventus – Torino 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 18 Lukich, 1:1 – 84 Ronaldu.
Yuventus – Shchensny, Joau Kanselu, Kellini, Bonuchchi, Matyuidi, Spinatssola, Pyanich, Kuadrado (Mateus Pereyra, 78), Bernardeski (De Shilo, 85), Ronaldu, Kin.
Torino – Sirigu, de Silvestri (Dzadza, 89), Nkulu, Bremer, Ansaldi, Meyte, Lukich (Ayna, 79), Berenger (Bazelli, 70), Rinkon, Itsso, Belotti.
Ogohlantirishlar: Matyuidi (34), Rinkon (49), Lukich (68), Bonuchchi (71), Bernardeski (82), Bremer (90).

Ispaniya chempionati, 36-tur
Sevilya – Leganes 0:3 (0:2, 0:1)
Gollar: 0:1 – 8 En-Nesiri, 0:2 – 20 Breytueyt, 0:3 – 82 Oskar Rodriges.

Angliya chempionati, 37-tur
Everton – Bernli 2:0 (2:0, 0:0)
Gollar: 1:0 – 17, avtogol Mi, 2:0 – 20 Koulmen.

Germaniya chempionati, 32-tur
Mayns – RB Leypsig 3:3 (1:2, 2:1)
Gollar: 0:1 – 20 Klostermann, 0:2 – 32 Klostermann, 1:2 – 43 Onisivo, 1:3 – 49 Verner, 2:3 – 67 Niakate, 3:3 – 83 Mateta.

Fransiya chempionati, 35-tur
Strasbur – Marsel 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 0:1 – 47 Jyermen, 1:1 – 65 Lala

Top