11:05 / 04.05.2019
9224

Samarqand tumanida quvurdan sizib chiqqan gazdan portlash sodir bo‘ldi

Joriy yil 30 aprel kuni soat 18.00larda Samarqand tumani Juysoy mahallasida yashovchi A.Sh.ning uyida yollanib ishlayotgan, Samarqand shahar M.Odilov ko‘chasida yashovchi F.S. hovlidagi hojatxonaga kirib, elektr chirog‘ini yoqqan vaqtida hojatxonadan o‘tgan gaz quvuridan sizib chiqib to‘planib qolgan gaz va havo aralashmasidan chaqnash sodir bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada F.S. va sherigi Urgut tumani Beshkapa qishlog‘ida yashovchi B.E. kuyish jarohatlari olib kasalxonaga yotqizilganlar hamda shu mahallada yashovchi D.M. va Samarqand tumani Badal mahallasida yashovchi G‘.J.larga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgan. 

Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

“Hurmatli fuqarolar, agar hovlingizdan gaz quvuri o‘tgan bo‘lsa, xavfsizlik choralarini ko‘rishingizni so‘raymiz”, - deyiladi IIV xabarida.

Top