8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

19:35 / 05.05.2019 8450

Britaniya mudofaa vaziri bosh vazirning sog‘lig‘i haqidagi so‘zlari uchun bo‘shatildi – OAV

Gevin Uilyamson va Tereza Mey/Foto: Reuters

Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Gevin Uilyamsonning iste'foga chiqarilishiga uning bosh vazir Tereza Mey kasal ekanligi haqidagi so‘zlari sabab bo‘lgan. Bu haqda The Times nashri manbalarga iqtibos keltirgan holda ma'lum qildi

Ma'lum qilinishicha, Uilyamson xususiy suhbatlardan birida Mey qand kasalligi borligi sababli bosh vazir lavozimida ishlay olmasligini va shu sababli bu lavozimni tark etishi lozimligini aytgan. Sal vaqt o‘tib Uilyamsonning bu so‘zlari Mey qulog‘iga yetib borgan.

Nashrning qo‘shimcha qilishicha, Uilyamsonning Afrika davlatlaridan biriga britaniyalik harbiylarni jo‘natishga urinishi uzoq vaqt Meyning noroziligiga sabab bo‘lgan.
 
Uilyamson 1 may kuni ishonchni yo‘qotgani vaji ostida iste'foga jo‘natilgan. Rasman vazir Britaniya milliy xavfsizlik kengashi yig‘ilishidagi maxfiy ma'lumotlarning sizib chiqishida aybdor deb topilgan. Ta'kidlanishicha, bu yig‘ilishda Huawei kompaniyasining Britaniyada 5-avloddagi mobil aloqa tarmog‘ini yaratishda ishtirok etishi ma'qullangan.

Top