23:41 / 05.05.2019
11259

Mudofaa vazirligida ilk bor “Ko‘rgazmali qo‘l jangi namoyishi” musobaqasi o‘tkazildi

Kecha, 4 may kuni Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtida Mudofaa vazirligi miqyosida birinchi marta “Ko‘rgazmali qo‘l jangi namoyishi” yo‘nalishi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Unda 10 ta jamoa har birining tarkibida 15 nafar ishtirokchi, juftlik tarkibida 2 nafar ishtirokchidan iborat holda bellashdilar. 
Jamoalarning maydonga chiqishidan tortib ijro etilgan musiqagacha, kiyim rusumidan ishtirokchilarning aktyorlik mahoratigacha, o‘ziga xoslik va yangilik yaratganligi, akrobatik usullardan foydalanganligi, oyoq va qo‘l zarbalarining konsentratsiyasi, juft bo‘lib qo‘l jangi amallarini bajarish, bu borada qilingan yangilik, namoyish uchun ketgan vaqtgacha hakamlar tomonidan baholab borildi. 

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Hakamlarning xulosalariga ko‘ra, Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugidan kelgan shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchi Eldor Shokirov va muddatli harbiy xizmatchi Almaz Tajyetdinov “Eng yaxshi juftlik”, Mudofaa vazirligi Toifalangan obektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi vakillari shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchi Nurgali Nishonboyev “Eng yaxshi akrobatik usul”, katta leytenant Xushmed Qurbonov esa “Eng yaxshi texnikasi uchun” nominatsiyalarida g‘olib deb topildi. 

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Umumjamoa hisobida esa Toshkent harbiy okrugi 1-, Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti 2-, Janubi g‘arbiy maxsus harbiy okrugi jamoasi esa 3-o‘ringa sazovor bo‘ldi. G‘olib va sovrindorlar diplom, medal hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.      

Top