8460.92 USD +2.76

9439 EUR -62.05

131.06 RUB +1.32

10760.6 GBP -234.16

21:53 / 05.05.2019 57853

O‘zbekiston oltin sotish bo‘yicha dunyo yetakchisiga aylandi

2019 yil 1-choragida O‘zbekiston Markaziy banki 6,2 tonna oltin sotib, bu borada dunyo yetakchisiga aylandi. Bunday ma'lumotni Jahon oltin kengashi (World Gold Council) o‘zining navbatdagi dokladida keltirgan.   

Joriy yilning yanvar-mart oylarida oltin sotish bo‘yicha 2-o‘rinni 3,4 tonna oltin eksport qilgan Mo‘g‘uliston, 3-o‘rinni 1 tonna oltin sotgan Tojikiston egallagan. 

Avvalroq  yilning 1-choragida jahon davlatlari milliy banklari oxirgi 6 yil ichidagi rekord hajmdagi – 145,5 tonna oltin sotib olgani ma'lum qilingandi. Bu hajm 2018 yilning shu davriga nisbatan 68 foiz ko‘proqni tashkil qilgan. 

Ma'lum qilinganidek, oltin sotib olish bo‘yicha Rossiya yetakchilik qilib, qimmatbaho metalldan 55,3 tonna sotib olib, o‘z oltin zaxiralari hajmini 2168,3 tonnagacha yetkazib qo‘ygan. Shuningdek, Turkiya (40,1 tonna), Xitoy (33 tonna), Qozog‘iston (11,2 tonna), Ekvador (10,6 tonna), Qatar (9,4 tonna), Hindiston (8,4 tonna) va Kolumbiya (6,1 tonna) faol ravishda oltin sotib olgan.

Top