8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

14:42 / 05.05.2019 10059

Urganchda O‘zbekiston-Turkmaniston davlat chegarasi demarkatsiyasi bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi

Foto: AFP

29 aprel–5 may kunlari Urganch shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Turkmaniston o‘rtasidagi Davlat chegarasi delimitatsiya va demarkatsiya masalalari bo‘yicha O‘zbekiston-Turkmaniston hukumatlararo qo‘shma komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, muzokaralar chog‘ida davlatlararo chegarada amalga oshirilgan qo‘shma dala topografik-geodeziya ishlari natijalari ko‘rib chiqildi, yer balansi dastlabki hisob-kitoblari sarhisob qilindi hamda davlat chegarasining ayrim uchastkalaridan demarkatsiya chizig‘ini o‘tkazish loyihasi tayyorlandi.

Uchrashuvda demarkatsiya xaritalarini tayyorlash uchun samolyotdan suratga olish ishlarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunlariga ko‘ra delegatsiya rahbarlari To‘lqin Abdullayev va Mamed Mamedov tegishli protokolni imzoladilar.

Top