00:48 / 06.05.2019
10101

Imomali Rahmon Ramazon oyida savdogarlarga narxni ko‘tarmaslikni tavsiya qildi

Foto: Tojikiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati

Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon tojikistonliklarni muqaddas Ramazon oyi kirib kelgani bilan tabrikladi.

Prezident shu munosabat bilan savdogarlarga oziq-ovqat mahsulotlariga narxlarni oshirmaslikni tavsiya qilgan.

“Hali ham savdogarlar Ramazon oyida va bayram kunlarida oson pul topish maqsadida oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini oshirayotgan holatlar kuzatilmoqda, bu esa odamlarning kayfiyatini buzib, ularda norozilik keltirib chiqaradi. Shu bilan bu savdogarlar muqaddas oyda o‘zlari va oila a'zolarini barakadan mahrum qiladilar”, deb aytgan Rahmon.   

Tojikiston prezidenti Muhammad payg‘ambarimiz (s.a.v.) hadislarida bunday ishlardan tiyilish haqida ogohlantirilganini qayd qilib o‘tgan.

Top