8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

13:13 / 06.05.2019 3517

Kumushni naqd qilgan «Napoli», Turin derbisi va «Atalanta» jasorati – Italiya chempionatida tur voqealari

Dam olish kunlari Italiya chempionatida 35-tur o‘yinlari o‘tkazildi. Unda e'tiborga loyiq bo‘lgan bir qancha voqealar yuz berdi.

TURIN DeRBISIDA KUChLAR TeNG KeLDI

«Yuventus» o‘z maydonida «Torino» bilan o‘ynadi. Chempion uchun bu bahs musobaqa nuqtai nazaridan hech qanday ahamiyat kasb etmasa-da, Allegri Turin shahri derbisiga asosiy tarkibni tushirmaslikka haqqi yo‘q edi. Chempionlar Ligasi yo‘llanmasi uchun kurash olib borayotgan «Torino»ning esa ishtiyoqi baland bo‘ldi.

1-bo‘lim teng kurashlar ostida o‘tdi. Biroq, mehmonlar raqib xatosidan unumli foydalanib qolishdi. Kuadrado va Pyanichning e'tiborsizligidan so‘ng, to‘pni egallab olgan Lukich darvozaning uzoq burchagini aniq nishonga oldi. Shundan so‘ng «Torino» ishonchli tarzda o‘ynadi va raqibga o‘z darvozasi oldida xavfli vaziyat yaratishga deyarli imkon bermadi. Biroq katta sahnaga «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu chiqdi. U so‘nggi daqiqalarda Spinatssola tomonidan yetkazilgan to‘pni boshi bilan darvoza to‘riga yo‘llab, hisobni tenglashtirdi va jamoadoshlarini tanqid o‘qlaridan qutqarib qoldi – fanatlar va rahbariyat uy derbisidagi mag‘lubiyatni oqlamagan bo‘lishardi.

Bu natijadan so‘ng «Yuventus»ning ochkolari 89taga yetdi, «Torino» 57 ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda.

Yuventus – Torino 1:1 (0:1, 1:0)
3 may, «Alyans Stedium» stadioni
Gollar: 0:1 – 18 Lukich, 1:1 – 84 Ronaldu.
Yuventus – Shchensni, Joau Kanselu, Bonuchchi, Kellini, Spinatssola, Kuadrado (Mateus Pereyra, 78), Pyanich, Matyuidi, Bernardeski (De Shilo, 85), Ronaldu, Kin.
Torino – Sirigu, Itsso, Nkulu, Bremer, de Silvestri (Dzadza, 89), Meyte, Rinkon, Lukich (Ayna, 79), Ansaldi, Belotti, Berenger (Bazelli, 70).
Ogohlantirishlar: Matyuidi (34), Rinkon (49), Lukich (68), Bonuchchi (71), Bernardeski (82), Bremer (90).

«NAPOLI» 98-DAQIQADA URILGAN GOL EVAZIGA G‘ALABA QOZONDI

«Napoli» o‘z maydonida «Kalyari»ni qabul qildi. Har ikkala jamoaning musobaqadagi kurash ishtiyoqi allaqachon so‘ngan edi. «Napoli» chempionni quvib o‘tolmasligi va 2-o‘rinni ham boy bermasligi aniq, «Kalyari» esa A Seriyadagi o‘rnini saqlab qolgan edi.

1-bo‘lim zerikarli tarzda o‘tdi, jamoalar darvoza tomon birorta aniq zarba yo‘llay olmadilar. 63-daqiqada «Kalyari» tezkor qarshi hujumni uyushtirdi va Pavoletti aniq zarba bilan hisobni ochdi. Shundan so‘ng o‘yin jonlandi. Mezbonlar raqib darvozasi oldida xavfli vaziyatlarni ketma-ket yarata boshladilar. 85-daqiqada esa Mertens himoyachilardan ildamroq harakat qilib, boshi bilan to‘pni darvozaga yo‘lladi va hisobni tenglashtirdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarning sakkizinchisida «Napoli» g‘alaba keltiruvchi golni urdi. Insine to‘p himoyachining qo‘liga tekkanidan so‘ng belgilangan penaltini aniq amalga oshirdi.

Bu g‘alaba «Napoli»ga 73 ochko jamg‘arib, kumush medallarni muddatidan oldin qo‘lga kiritishiga yordam berdi.

Napoli – Kalyari 2:1 (0:0, 2:1)
5 may, «San-Paolo» stadioni
Gollar: 0:1 – 63 Pavoletti, 1:1 – 85 Mertens, 2:1 – 90, penalti Insine.
Napoli – Meret, Xyusay, Albiol, Kulibali, G‘ulom, Verdi (Kalexon, 61), Allan (Fabian Ruis, 61), Zelinski, Yunus (Milik, 64), Mertens, Insine.
Kalyari – Krano, Kachchatore, Cheppitelli, Romanya, Likoyannis, Deyola (Padoin, 70), Chigarini, Ionitse, Barella, Pavoletti (Pizakane, 88), Cherri (Joao Pedro, 74).
Ogohlantirishlar: Yunus (61), Cherri (72), Insine (90), Chigarini (90), Barella (90).
Chetlatish: Ionitse (89).

«INTeR» SAFARDA OChKO YO‘QOTIB, RAQOBATChILARNI O‘ZIGA YaQINLAShTIRDI

«Inter» safarda «Udineze» bilan o‘ynadi. Jamoa to‘p nazorati, zarbalar va burchak zarbalari soni bo‘yicha katta ustunlikka ega bo‘ldi. Biroq haqiqiy xavfli vaziyatlarni deyarli yarata olmadi. Raqibning yopiq va himoyaviy o‘yinida «Inter» darvozaga yo‘l topolmadi. «Udineze» ba'zan qarshi hujumlarga o‘tib turdi, ammo «Inter» o‘z darvozasi oldida ishonchli tarzda o‘ynadi. Mezbonlar bu o‘yinda muhim ochkoni qo‘lga kiritishgan bo‘lsa, «Inter» shunday ochkolarni yo‘qotdi.

«Udineze» 34 ochko bilan 17-o‘rinni egallab, quyi ligaga tushib ketish xavfi ostida turibdi. «Inter» 63 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda va raqobatchilarini o‘ziga yaqinlashtirdi.

Udineze – Inter 0:0
4 may, «Friuli» stadioni
Udineze – Musso, Larsen, De Mayo, Nyuytink, D'Alessandro (Uilmot, 81), Mandragora, Sandro (Xadlvredsson, 73), Zegelar, Pussetto (Okaka Chuka, 61), de Paul, Lazanya.
Inter – Xandanovich, D`Ambrozio, de Vrey, Shkrinyar, Asamoa, Valero (Ikardi, 63), Brozovich, Politano (Kandreva, 77), Nainggolan, Perishich, Martines (Keyta Balde, 79).
Ogohlantirishlar: Sandro (13), D`Ambrozio (15), Valero (40), Brozovich (66).

«ATALANTA» CheMPIONLAR LIGASI YO‘LLANMASI UChUN KURAShUVChILAR ORASIDA FAVORIT BO‘LIB OLDI

Chempionlar Ligasida ishtirok etish huquqini beruvchi 4-o‘rin uchun kurash bir gradus bo‘lsa-da sovumadi. So‘nggi o‘yinlarni ko‘tarinki ruhda o‘tkazayotgan «Atalanta» bunda yaqqol favoritga aylandi. Gasperini shogirdlari Rimda «Latsio» bilan bellashib, 3:1 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Natijada 62 ochko bilan 4-o‘ringa chiqib olishdi. Endi jamoani 3-o‘rinda borayotgan «Inter»dan atigi 1 ochko ajratib turibdi. Agar «Atalanta» sur'atni pasaytirmasa, Italiya chempionati bronza medallarini ham qo‘lga kiritishi mumkin.

Chempionlar Ligasi yo‘llanmasi uchun kurashayotgan boshqa jamoalar ochko yo‘qotishdi. «Roma» safarda «Jyenoa» bilan o‘ynadi va so‘nggi daqiqada o‘tkazib yuborilgan gol tufayli ochkolarni yo‘qotdi. «Torino» Turin derbisida «Yuventus» bilan durang o‘ynadi.

«Milan» 6 may kuni kechqurun o‘z uyida «Bolonya» bilan bellashadi.

35-TURNING BARChA NATIJALARI

3 may
Yuventus – Torino 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 18 Lukich, 1:1 – 84 Ronaldu.

4 may
Kevo – SPAL 0:4 (0:1, 0:3)
Gollar: 0:1 – 8 Felipe, 0:2 – 47 Flokkari, 0:3 – 55 Felipe, 0:4 – 81 Kurtich.

Udineze – Inter 0:0

5 may
Empoli – Fiorentina 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 54 Farias.
Chetlatish: Veretu (90, Fiorentina).

Parma – Sampdoriya 3:3 (1:2, 2:1)
Gollar: 1:0 – 2 Gatssola, 1:1 – 28, penalti Kualyarella, 1:2 – 38 Defrel, 1:3 – 61 Kualyarella, 2:3 – 67, penalti Kutska, 3:3 – 71 Bastoni.
Chetlatishlar: Kolli (88, Sampdoriya), Kutska (90, Parma).

Latsio – Atalanta 1:3 (1:1, 0:2)
Gollar: 1:0 – 3 Parolo, 1:1 – 22 Sapata, 1:2 – 58 Kastan, 1:3 – 76, avtogol Uolles.

Sassuolo – Frozinone 2:2 (0:2, 2:0)
Gollar: 0:1 – 8 Sammarko, 0:2 – 36 Paganini, 1:2 – 66 Ferrari, 2:2 – 77 Boga.

Jyenoa – Roma 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 0:1 – 82 El-Shaaravi, 1:1 – 90 Romero.

Napoli – Kalyari 2:1 (0:0, 2:1)
Gollar: 0:1 – 63 Pavoletti, 1:1 – 85 Mertens, 2:1 – 90, penalti Insine.
Chetlatish: Ionitse (89, Kalyari).

6 may
23:30 Milan – Bolonya

A SeRIYa JADVALI

A SeRIYa TO‘PURARLARI

25 - Fabio Kualyarella (Sampdoriya, 8 pen)
22 - Duvan Sapata (Atalanta, 1), Kshishtof Pyontek (Jyenoa/Milan, 2)
21 - Krishtianu Ronaldu (Yuventus, 5)
17 - Arkadiush Milik (Napoli)
15 - Franchesko Kaputo (Empoli, 3)
14 - Andrea Petanya (SPAL, 5), Chiro Immobile (Latsio, 4), Dris Mertens (Napoli, 1)

36-TUR O‘YINLARI

11 may
Atalanta - Jyenoa
Kalyari - Latsio
Fiorentina - Milan

12 may
Torino - Sassuolo
Sampdoriya - Empoli
Frozinone - Udineze
SPAL - Napoli
Roma - Yuventus

13 may
Bolonya - Parma
Inter - Kevo

«Frozinone» A Seriyadagi o‘rnini saqlab qololmadi

«Frozinone» Italiyada A Seriyani tark etadigan ikkinchi omadsiz klub bo‘ldi. Musobaqa yakunlanishiga uch tur qolganida Marko Baroni shogirdlari 17-o‘rindan 10 ochko ortda borishmoqda.

Latsio hududi vakili A Seriyani so‘nggi 4 mavsumda 2-marta tark etmoqda. Jamoa yuqori ligada 1 mavsumdan ortiq muddat davomida o‘z o‘rnini saqlab qololmayapti. Avvalroq, A Seriyani «Kevo» tark etgandi.

Mertens «Napoli» to‘purarlari ro‘yxatida Maradonadan o‘zib ketdi

«Napoli» hujumchisi Dris Mertens «Kalyari»ga (2:1) qarshi o‘yinda darvozani ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi.

Gracenote xabariga ko‘ra, bu belgiyalik futbolchining neapolliklar safidagi A Seriyada urilgan 82-goli bo‘ldi. Natijada u afsonaviy Diyego Maradonani (81ta gol) ortda qoldirib, uchinchi o‘ringa chiqib oldi.

«Napoli»ning A Seriyadagi to‘purarlari ro‘yxatida Antonio Voyak (102ta gol) va Marek Hamshik (100ta gol) 31 yoshli Mertensdan oldinda borishmoqda. Qayd qilish joizki, umumiy hisobda Mertens «Napoli» tarkibida barcha musobaqalarda 107ta gol urib, to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.

Raneri «Latsio»ni o‘yinni sotganlikda aybladi – Italiyada yangi mojaro

«Roma» bosh murabbiyi Klaudio Raneri A Seriya 35-turidan o‘rin olgan «Jyenoa»ga qarshi o‘yindan oldingi matbuot anjumanida «Latsio» klubini 2010 yilda o‘yinni sotganlikda aybladi.

«Latsio» «Atalanta»dan ochko olishga qodirmi? Bilmadim. Ular «Atalanta»ga o‘yinni boy berishi ham mumkin, xuddi 2010 yilda «Inter»ga atayin yutqazgani kabi», - dedi Raneri.

Italiya Futbol Federatsisi voqeaga zudlik bilan munosabat bildirdi. Prokuror Juzeppe Pekoraro matbuot anjumani videoyozuvini taqdim qilishni so‘radi. Endi Raneri o‘z so‘zlariga tushuntirish berishiga to‘g‘ri keladi.

Eslatib o‘tamiz, 2010 yili «Latsio» chempionat yakunlanishiga 2 tur qolganida o‘z maydonida «Inter»ga 0:2 hisobida yutqazgan edi. Yakunda «Roma» «neradzurri»dan 2 ochko ortda qolgan holda chempionlikni boy berdi. Klub rahbariyati esa «Latsio»ni o‘yinni sotganlikda aybladi. O‘sha paytda «Roma»ni aynan Raneri boshqargan edi.

Qayd qilish joizki, «Latsio» o‘z maydonida «Atalanta»ga 1:3 hisobida yutqazdi. «Roma» safarda «Jyenoa» bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi.

Top