8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

09:00 / 06.05.2019 13345

O‘pka saratonini davolashda yangi davr

Onkologik kasalliklarning eng ko‘p tarqalgan turiga mansub o‘pka saratonini davolash uslublari muntazam ravishda mukammallashmoqda. Radiatsion onkologiya sohasidagi so‘nggi ishlanmalar xatarli o‘simtalar bilan kurashishda o‘zining yuqori samaradorligini ko‘rsatmoqda.

Erta qo‘yilgan tashxis juda katta ahamiyatga ega: tashxis avvalroq belgilanib, muolaja qancha tez boshlansa, kasallikni mutlaq yengish uchun imkoniyat shuncha ortadi. O‘pka saratonini davolash jarrohlik amaliyoti, kimyoterapiyasi va nurlanish terapiyasi orqali amalga oshiriladi.

O‘pka saratoni ikki asosiy turga bo‘linadi:

  • Kichik hujayrali o‘pka saratoni;
  • Kichik bo‘lmagan hujayrali.

Kichik bo‘lmagan hujayrali saraton boshqa tana a'zolariga tarqalishga moyil bo‘lib, o‘simta joylashuvi mahalliy bo‘lganda uni tizimli davolash ijobiy natija beradi. Yangi shakllangan o‘simtaga qarshi kurashish uchun jarrohlik hamda nurlanish terapiyasi qo‘llaniladi.

ACIBADEM Altunizade klinikasining radiatsion onkologi, professor Mexmet Ufuq Abajio‘g‘li ta'kidlashicha, nurlanish terapiyasi erta bosqichlarda anchayin samaralidir. Sababi, o‘simta hajmi kichik bo‘lganligi uchun limfa tugunlari va boshqa organlarga tarqamagan bo‘ladi. Bunday vaziyatda jarrohlikni qo‘llab yoki stereotaksik nurlanish terapiyasini amalga oshirish mumkin. Biroq, aniq bir davolash uslubini tanlash har bir bemorning individual holatiga bog‘liqdir.

Radioterapiyadagi yangi yondoshuvlar

Saratonni davolashga oid yangi qo‘llanmalar doimiy tarzda paydo bo‘ladi. Radiatsion onkologiya sohasidagi so‘nggi innovatsion yangiliklar – bu kasallikning dastlabki bosqichida radiatsiyaning yuqori dozalarini qo‘llash va kam miqdordagi yon ta'sirlar bilan ajoyib natijani olishga imkoniyatdir.

Professor Abajio‘g‘li 3 sm (kasallikning 1- yoki 2-bosqichlarida metastazlar mavjud bo‘lmaydi) o‘lchamdagi yangi shakllangan xatarli o‘pka saratonini davolash usuli  haqida gapirib o‘tdi. Bunday holatda o‘pkaning bir qismi olib tashlanadi. Agar bemorga operatsiya qilish  boshqa mavjud kasalliklar yoki narkozdan foydalanish xavfi tufayli man etilgan bo‘lsa, radiatsion terapiya qo‘llaniladi. Odatda uchtadan sakkiztagacha bo‘lgan seanslar tayinlanadi. Bunday davolanish bilan o‘simtaning butunlay yo‘q bo‘lishi va uning o‘sish jarayoni to‘xtashiga 90 foiz kafolat beriladi.

Stereotaksik radiatsiya terapiyasi usuli jarrohlik qilmay turib, o‘simtani butunlay olib tashlash va shu bilan birga, sog‘lom to‘qimaga zarar yetkazmaslikka yordam beradi. Bugunga qadar mavjud bo‘lgan texnologiyalar dozalarni cheklagan holda atrofdagi to‘qimalarning zararlanishiga sabab bo‘lar edi. Ko‘plab bemorlarning o‘pkasiga sezilarli darajada ziyon yetgan – tana a'zolari radiatsiya ta'sirga juda ham sezgir bo‘lib qoladi. Shuningdek, qizilo‘ngach, yurak, arteriya, ko‘krak devori va umurtqa mushaklari ham zararlanadi. Tanani stereotaksik radiatsiya terapiyasi maqsadga muvofiq davolanish imkonini beradi. Yuqori dozalar boshqa a'zolarga xavf tug‘dirmasdan aniq chegaralangan hududga ta'sir ko‘rsatadi.

Yaqingacha radioterapiya bilan davolanish bemorlar uchun juda ham og‘riqli kechar edi: nafas qisilishi, quruq yo‘tal kuzatilardi. O‘pka to‘qimalariga zarar yetishi tufayli davolashning ilk yoki oxirgi bosqichlarida harorat ortar edi. Yangi usulni qo‘llash natijasida yon ta'sirlar sezilarli darajada kamaydi. Masalan, qizilo‘ngach yaqinida joylashga o‘simtali bemorlar radioterapiyaning har bir seansidan keyin yutishga qiynalishgan bo‘lsa, endilikda bunday muammo juda kam uchraydi. Yangi usuldan foydalanilganda shifokor ekranda paydo bo‘lgan tasvirni boshqarib turadi, bu esa aniqlik bilan millimetrgacha nurni maqsadga to‘g‘ri yo‘naltirishga imkon beradi. 

Professor Abajio‘g‘li qayd etishicha, nurning ta'sir etish tezligi juda ham yuqori bo‘lib, seansning umumiy davomiyligi anchayin qisqardi. Agar avvallari bemorning salgina qimirlashidan keyin tasvirni yangilish zarur bo‘lib, seans 15 dan 60 daqiqagacha cho‘zilgan bo‘lsa, hozir davolanishga bemorni muolajaga tayyorlash uchun ketadigan vaqtni qo‘shganda 10-15 daqiqadan ko‘p vaqt ketmaydi.

Saratonning so‘nggi bosqichlarida davolash uchun nurlanish terapiyasiga kimyoterapiyasi ham qo‘shiladi. Bunday vaziyatda to‘liq aniqlangan radiatsiya dozasi bilan o‘simta davolanuvchi intensiv modulyatsiyali nurlanish terapiyasi qo‘llaniladi. Davolashni boshlashdan avval atrofdagi sog‘lom to‘qimalarga ziyon yetkazmaslik uchun aniq joylashuv, shakllanish chegaralarini belgilovchi diagnostika o‘tkaziladi.

Muolajani o‘tkazish davomida qurilma bemor atrofida 360 yoki 180 daraja aylanadi, nur yo‘nalishlari nazorat qilinadi, sog‘lom to‘qima aniqlanganda nurlanish to‘xtatiladi. Professor Abajio‘g‘li bunday davolashda yon ta'sirlar deyarli kuzatilmaydi va bir vaqtning o‘zida kimyoterapiyasidan foydalanish uchun interval qilmaslikka yordam berishini aytib o‘tdi.  

Stereotaksik radiatsiya terapiyasi metaztazli o‘pka saratoni, shuningdek, onkologiyaning boshqa turlarini ham davolashda tavsiya etiladi. Avvallari metaztazlar tizimli davolashga xalaqit berib, uni boshlashdan avval jarrohlik amaliyoti – o‘simtani olib tashlash talab etilgan. Ba'zida bemorlar o‘pka qismini olib tashlagunga qadar birgina emas, bir necha operatsiyalarni o‘tkazishga to‘g‘ri kelgan.

Bizga metaztazlar rivojlanayotgan va katta qatlamga tarqalgan bemorlar murojaat etishadi. Bu usul ularni nazorat ostiga olib, radiatsiyani faqatgina shikastlangan hujayralarga qo‘llashga imkon beradi. Biroq metaztazlar soni chegaralangan va ularning hajmi favqulodda holatga kelmagan bo‘lsagina ijobiy natijaga erishish mumkin.

Professor Mexmet Ufuq Abajio‘g‘li ta'kidlashicha, hozirda saraton bilan kurashishda jiddiy muvaffaqiyatlarga, o‘pkaga butunlay tegmagan holda, nurlanishni faqatgina belgilangan qismlargagina qo‘llash orqali erishish mumkin. Davolash hattoki, radiatsion nurlanishga chidamli hisoblanuvchi suyak sarkomasiga ham qo‘llaniladi – cheklangan joylarda yuqori dozalardan foydalaniladi.

Va bu ACIBADEM klinikasi tarmog‘ida zamonaviy va yangi texnologiyalardan foydalanuvchi malakali mutaxassis qo‘llarida metaztazli o‘simtalardan ham shifo topishga ishonch beradi.

Manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Buyuk Ipak yo‘li mavzesi, 19 uy.

Murojaat uchun telefon: (+99895) 144 54 45

Shuningdek, rasmiy sayt orqali barcha kerakli ma'lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin: www.acibadem.com.ru

Reklama huquqi asosida

Teglar

Top