8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

08:15 / 06.05.2019 66531

Sheremetevo aeroportidagi aviahalokat 41 kishining umriga zomin bo‘ldi

Foto: RIA Novosti

“Aeroflot” kompaniyasining Sukhoi Superjet 100 yo‘lovchi samolyoti bilan Sheremetevo aeroportida yuz bergan halokat oqibatida 41 kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Rossiya tergov qo‘mitasi vakili Yelena Markovskaya ma'lum qildi.

Avvalroq 13 kishi halok bo‘lgani ma'lum qilingandi. 

Foto: TASS

Markovskaya jurnalistlarning qancha odam halok bo‘lgani haqidagi savollariga “41 kishi” deya javob qilgan. 

Ma'lum qilinishicha, samolyot bortida bo‘lgan 78 kishidan 37 kishi, jumladan 33 yo‘lovchi va ekipajning 4 a'zosi omon qolgan. 6 kishi shifoxonaga yetkazilgan, ulardan 3 nafari og‘ir ahvolda.  

Moskvadan Murmanskka yo‘nalayotgan samolyot 5 may kuni parvozni boshlagandan 28 daqiqa o‘tib Sheremetevo aeroportiga favqulodda qaytib, keskin qo‘nishni amalga oshirgan. Samolyot murakkab ob-havo sharoiti tufayli ikkinchi urinishdan keyingina qo‘na olgan. Samolyot qo‘nganda uning stoykalari sinib, dvigatellari yona boshlagan. 

Ushbu fojia yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan hamda uni tergov qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tuzilgan.

Murmansk viloyati gubernatori Andrey Chibis halok bo‘lganlar xotirasiga viloyatda 3 kunlik motam e'lon qildi.

Top