8562.34 USD +26.60

9731.96 EUR +165.96

135.34 RUB +2.77

10908.4 GBP +161.92

09:58 / 06.05.2019 3339

Shimoliy Makedoniyaning yangi prezidenti ma'lum bo‘ldi  

Foto: EPA

Shimoliy Makedoniyada o‘tgan prezident saylovlarida hukmron Sotsial-demokratik ittifoq nomzodi Stevo Pendarovski g‘olib bo‘ldi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Zoran Zayev ma'lum qildi. 

Saylovlar 5 may kuni bo‘lib o‘tgan. Unda 1,8 mlndan ko‘proq kishi ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan.

Saylovlar natijalariga ko‘ra, Pendarovski 423 mingdan ko‘proq ovoz bilan g‘olib bo‘lgan, uning raqibi Gordana Silyanovska-Davkovaga 368 mingdan ko‘proq ovoz berilgan.

Stevo Pendarovski 1963 yilda Skopeda tug‘ilgan. Huquqshunoslik fakultetini tamomlagan. Bir necha yil davomida mamlakat ichki ishlar vazirligining tahliliy bo‘limini boshqargan, mamlakatning ikki prezidentiga milliy xavfsizlik va tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maslahatchi bo‘lgan. 2014 yildagi saylovlarda 2-o‘rinni egallagan. Oxirgi vaqtda NATOga qo‘shilish bo‘yicha milliy koordinator lavozimini bajarib kelgan. 

Shimoliy Makedoniyada prezident funksiyalari asosan tantanalar va marosimlarda ishtirok etish bilan bog‘liq bo‘lib, ijro hokimiyatiga bosh vazir boshchilik qiladi.

Top