8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

17:09 / 06.05.2019 11567

Sport oyoq kiyimi ichiga yashirilgan naqd xorijiy valuta fosh etildi

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Bojxonachilar xorijiy valutalarning yurtimizdan noqonuniy yo‘llar bilan olib chiqilishiga qarshi samarali choralar ko‘rishmoqda.

Xususan, Toshkent viloyati bojxona “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti orqali harakatlangan fuqaro A.U belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada, uning qo‘l sumkasi va sport oyoq kiyimi ichida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan hamda og‘zaki so‘rovda taqdim etilmagan, umumiy qiymati 71 million so‘mlik xorijiy valutalar yashirilganligi va uni O‘zbekistondan qo‘shni davlatga yashirincha olib o‘tmoqchi bo‘lganligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.

Top