14:59 / 06.05.2019
17532

«Xalq banki» Kitob filiali mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi - Bosh prokuratura

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyati Kitob tuman bo‘limi xodimlari tomonidan “Har bir oila-tadbirkor” davlat dasturi bo‘yicha fuqarolarga “Issiqxona” qurish uchun ajratilgan kreditlarning maqsadli ishlatilishi yuzasidan monitoring o‘tkazilgan.

Bosh prokuratura xabarida aytilishicha, tumanda tuzilgan ishchi guruh va bank xodimlari tomonidan kredit olish uchun murojaat qilgan fuqarolarning ehtiyojmandligi joyiga chiqib o‘rganilmasdan va kredit ajratilishiga oid hujjatlarning haqqoniyligi tekshirilmasdan kreditlar ajratilishi oqibatida, issiqxona qurish uchun AT “Xalq banki” Kitob filialidan 11 nafar fuqarolarga 147 mln. so‘m kredit mablag‘lari noqonuniy ajratilib, kreditlarning maqsadsiz sarflanganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan AT “Xalq banki” Kitob filiali mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda, deyiladi xabarda.

Mavzuga oid
Top