12:13 / 07.05.2019
10104

Eksportni rag‘batlantirish agentligining asosiy vazifalari belgilandi

Foto: Pixabay

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligining asosiy vazifalari etib belgilandi:

eksportni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash sohasida davlat siyosati amalga oshirilishida ishtirok etish, eksport salohiyatini rivojlantirish davlat dasturlari amalga oshirilishiga ko‘maklashish;

eksport qiluvchilarni, shu jumladan, chet elda, marketing, narx belgilash, transport logistikasi. sertifikatlash, standartlashtirish va sifat nazorati, soliq va bojxona ma'muriyatchiligi, chet el bozorlariga “yagona darcha” prinsiii orqali kirish masalalari bo‘yicha axborot va maslahat bilan qo‘llab-quvvatlash;

xorijiy xaridorni izlashga ko‘maklashish va eksport kontrakti tuzish, shu jumladan, uni tayyorlash bosqichigacha muzokaralar jarayoniga ko‘maklashish;

milliy mahsulotlarni xorijga eksport qilish bo‘yicha vazirliklar, respublika idoralari, viloyatlar va tumanlar (shaharlar) hokimliklari bilan o‘zaro hamkorlikni ta'minlash hamda eksport qiluvchilarga eksportni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari, mavjud imtiyozlar va preferensiyalar, vakolatli davlat hokimiyati organlarining vazifalari va funksiyalari haqidagi ma'lumotlar bilan tanishish imkonini yaratish;

elektron tashqi savdo platformasini yuritish, mahalliy eksport qiluvchilar, ishlab chiqariladigan mahsulotlar va xizmatlar haqidagi ma'lumotlar bazasini yuritish, ishlab chiqarish va eksport faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub'yektlariga yetakchi xalqaro elektron savdo maydonlariga kirishda ko‘maklashish;

mahalliy ishlab chiqaruvchilarning sifatli mahsulotlarni ishonchli yetkazib beruvchi ekanligini tasdiqlash uchun o‘zbek brendlari va mahsulotlarini xorijda targ‘ib qilish bo‘yicha “Made in Uzbekistan” dasturini amalga oshirish, shu jumladan, “Made in Uzbekistan” milliy ko‘rgazmasini. tarmoq va mintaqaviy ko‘rgazmalarni va tovarlar yarmarkalarini har yili o‘tkazish, shuningdek, xalqaro ko‘rgazmalar va taqdimotlarda ishtirok etish orqali amalga oshirish;

eksport qiluvchi tashkilotlar uchun o‘quv seminarlari va treninglar hamda xorijiy mamlakatlardagi tadbirkorlik sub'yektlari uchun tashqi savdo faoliyati masalalari bo‘yicha biznes-forumlar tashkil etish va o‘tkazish;

eksport qiluvchi tashkilotlarga ham respublikada, ham xorijda standartlashtirish va sertifikatlashtirishning xalqaro tizimlarini joriy etishga, xorijiy vakolatli organlarda milliy mahsulotlarni hamda ko‘rgazma stendlarini ro‘yxatdan o‘tkazishga, respublika tashkilotlarining xalqaro ko‘rgazmalar-yarmarkalarda ishtirok etishini, shu jumladan, an'anaviy milliy mahsulotlar va brendlarni potensial sotish bozorlariga kiritishda taqdimotlar va reklama kompaniyalari o‘tkazilishiga moliyaviy ko‘maklashish.

Top