11:15 / 07.05.2019
13080

Gastrolyor o‘g‘ri qo‘lga olindi - IIV

Illyustrativ foto

Jizzax shahrida shu yil 25 fevral kuni noma'lum shaxs Toshloq mahallasi hududida joylashgan viloyat “Ipoteka bank” binosi oldida qarovsiz qoldirilgan Baxmal tumanida yashovchi 33 yoshli S.Q.ga tegishli “Lasetti” rusumli avtomashinasini kalit tanlash yo‘li bilan ochgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, bu shaxs mashina salonidan 4 mln. so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganligi holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Andijon tumani Sanoat mahallasida yashovchi 35 yoshli S.S. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. 

Tergov davom etmoqda, deyiladi xabarda.

Mavzuga oid
Top