15:24 / 07.05.2019
7177
Xalq banki “Kobeydj” kartasini ishga tushirdi

Xalq banki o‘z mijozlariga yuqori xavfsizlik tizimiga ega zamonaviy va qulay “Kobeydj” kartalarini ishga tushirdi. 

Ushbu kartaga oylik ish haqi hamda istalgancha milliy valutadagi mablag‘larni kirim qilish mumkin. Endi xorijiy valutadagi boshqa kartalarni ochish zarurati ham yo‘q. Chunki ushbu kartadan xorijiy davlatda to‘lovni amalga oshirish va bankomatlardan naqd valuta mablag‘ini yechish mumkin. Bunda kartadagi mablag‘ingiz avtomatik tarzda chet el valutasiga konvertatsiya qilinadi.

Shuningdek, mazkur karta orqali internet do‘konlaridan xaridlarni amalga oshirish, mehmonxona, aviachipta va boshqa xizmatlarni bron qilish imkoniyati ham mavjud.

Qisqasi, dunyoning 170 dan ortiq davlatlarida ushbu karta yordamida turli xaridlarni amalga oshirish yoki bankomatlardan naqd valuta mablag‘larini yechib olish endi muammo emas.  

Kobeydj kartaga ega bo‘lish uchun Xalq bankining barcha filiallariga murojaat qilishingiz mumkin.  

Kanalga ulaning: t.me/xalqbankinfo

Xalq banki axborot xizmati

Reklama huquqi asosida

Top