8562.34 USD +26.60

9731.96 EUR +165.96

135.34 RUB +2.77

10908.4 GBP +161.92

22:52 / 07.05.2019 4969

Xayriya natijasi: 1.5 yoshli Mavjudaning yuragi muvaffaqiyatli operatsiya qilindi

Yaqindagina saytimiz orqali "8 oylik homilam bor. 1,5 yoshli qizimning yuragi xasta": Xorazmlik onaizorga yaxshilar ko‘magi zarur” sarlavhasi ostida xayriya aksiyasi e'lon qilingan edi.

Unda jajjigina qizaloq, endigina 1,5 yoshni qarshilagan Mavjuda haqida so‘z borgandi. Mavjudani zudlik bilan operatsiya qilish kerakligi, ammo uning oilasi moddiy tomondan qiynalib qolganligi sabab onasi yordam so‘rab xalqimizga murojaat qilishga majbur bo‘lgan.

Yaxshilar yordami bilan kerakli mablag‘ yig‘ildi va Mavjuda jarrohlik stoliga yotqizildi. Shukurki, Yaratganning inoyati va shifokorlar malakasi bilan operatsiya omadli yakunlanganini eshitib, ularning yoniga shoshdik. Ular bilan ko‘rishib, suhbatlashdik

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube

 

“Biz o‘ylamagan edik, kutmagan edik. Bugun judayam xursandmiz. Xudoga shukur qizim operatsiyani sog‘-omon o‘tkazdi. Hamma yordam qo‘lini cho‘zganlarga kattadan-katta rahmat. Bir umr duo qilaman. Hammasining oilasiga sog‘lik-salomatlik, uzoq umr tilayman. Hech kimning bolasi kasal bo‘lmasin” deydi quvonch ko‘z yoshlarini yashira olmagan Mavjudaning buvisi Malika ona Bekjanova.

Shu o‘rinda Kun.uz jamoasi ham xayriya aksiyasida ishtirok etgan barcha yurtdoshlarimizga o‘z minnatdorchiligini bildirib o‘tadi. Yaxshiliklaringiz ulkan ajr-savoblar bilan mukofatlansin. Ramazon oyida yana yaxshiliklar qilishga shoshilaylik, azizlar!

Rahmatilla Isroilov tayyorladi

Top