23:53 / 07.05.2019
8421

Xorazm viloyatida profilaktika inspektorlariga velosipedlar topshirildi

Foto: Xorazm viloyati IIB matbuot xizmati

Xorazm viloyatida ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlarining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilari o‘z xizmat vazifalarini bajarishga kirishdilar. Ularga ruxsatnoma va velosipedlar topshirildi, deb xabar beradi Xorazm viloyati IIB matbuot xizmati.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Jamoat xavfsizligini ta'minlash samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 2018 yil 24 dekabrdagi PQ-4075-son qaroriga muvofiq, «Mahalla posboni» jamoatchilik tuzilmalarining rahbari lavozimi tugatilib, ularga ish haqi to‘lash va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning amaldagi mexanizmlari saqlab qolingan holda, bo‘shayotgan shtat birliklari hisobidan profilaktika (katta) inspektorlarining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilari lavozimini joriy etish hamda ularga huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida ichki ishlar organlariga amaliy yordam ko‘rsatish uchun shaxsiy javobgarlik yuklatish belgilangan edi.

Foto: Xorazm viloyati IIB matbuot xizmati

Bu qaror ijrosini ta'minlash maqsadida, Xorazm viloyatidagi 512ta mahallalarda profilaktika (katta) inspektorlarining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilari tanlov orqali saralab olindi. Ularning barchasi namunaviy xizmat kiyim boshlari (ko‘ylak va kepka) bilan ta'minlandilar.

Foto: Xorazm viloyati IIB matbuot xizmati
Foto: Xorazm viloyati IIB matbuot xizmati

2019 yilning 7 may kuni Xorazm viloyati IIBda Urganch shahri, Hazorasp va Gurlan tumani IIB profilaktika inspektorlarining yordamchilariga tegishli ruxsatnomalar va mahalliy hokimliklar tomonidan xizmatda foydalanish uchun ajratilgan velosipedlar tantanali ravishda topshirildi.

Top