8562.34 USD +26.60

9731.96 EUR +165.96

135.34 RUB +2.77

10908.4 GBP +161.92

21:45 / 08.05.2019 5783

“Aeroflot” Superjet samolyotlaridagi 10dan ko‘proq reysni bekor qildi 

Foto: Andrey Rudakov / Bloomberg

“Aeroflot” aviakompaniyasi Superjet samolyotlarida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan bir nechta reysni bekor qildi. 

Avvalroq “RBK” nashri Sheremetevo aeroportida Superjet 100 samolyoti halokatidan keyin aviakompaniya Moskvaga va Moskvadan 5 ta reysni bekor qilgani yoki qoldirganini ma'lum qilgan. Reyslarning bekor qilinishi yo‘lovchilarga texnik nosozliklar bilan tushuntirilgan. Endi bu epizodlarga yana bir nechtasi qo‘shildi. 

Jumladan, Moskvadan Nijniy Novgorodga, Nijniy Novgoroddan Moskvaga, Moskvadan Gyoteborgga hamda shu yo‘nalish bo‘yicha ortga reys, Moskvadan Belgorodga reyslar bekor qilingan.

Aviakompaniyada bunga izoh berishdan bosh tortilgan.

“O‘ylashimcha, reyslarning bunday miqdorda bekor qilinishi yoki qoldirilishi ekipajning samolyot holatiga sinchkovroq e'tibori bilan bog‘langan. Ekipaj nosozlikka zarracha shubha bo‘lsa, bu haqida ariza beradi va reysga chiqishdan bosh tortadi”, deb aytgan Davlatlararo aviatsiya qo‘mitasining sobiq xodimi, aviatsiya xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis Sergey Kovalev.  

“Avval ham shunday bo‘lgan – halokatlardan keyin har bir turdagi samolyotda kamchiliklar bo‘lgani aniqlanadi, biroq ekipaj bu haqda xabar bermagan yoki e'tibor qaratmagan bo‘ladi. Ekipaj halokatgacha ba'zi nosozliklarni e'tiborsiz qoldirgan bo‘lsa, endi barchasi, hattoki eng kichik narsa ham tekshiriladi. Hech kim Moskva-Murmansk reysi ekipaji taqdirini takrorlashni istamaydi”, deb qo‘shimcha qilgan mutaxassis.

5 may kuni “Aeroflot”ning Sukhoi Superjet 100 yo‘lovchi samolyoti bilan Sheremetevo aeroportida halokat yuz bergandi. Halokat oqibatida 41 kishi hayotdan ko‘z yumgan.

Top