8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

19:01 / 08.05.2019 7375

AQSh Xitoyning qator mahsulotlariga boj to‘lovini oshirdi

Foto: AFP 2019 / Johannes Eisele

10 maydan boshlab AQSh Xitoyning qiymati 200 milliard dollarlik mahsulotlariga nisbatan boj to‘lovi miqdorini 10%dan 25%ga oshirdi.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp qator Xitoy mahsulotlariga boj to‘lovlari oshirilishini hamda boshqa mahsulotlarga nisbatan boj to‘lovlari joriy etilishini mumkinligini bildirgandi.

Shunga qaramasdan, Xitoy TIV rasmiy vakili Gen Shuan Xitoy delegatsiyasi navbatdagi savdo maslahatlashuvlarida qatnashish uchun AQShga borishga tayyorgarlik ko‘rayotganini ma'lum qilgandi. 
AQSh va Xitoyning savdo bo‘yicha muzokaralari 30 aprelda Pekinda bo‘lib o‘tgandi, navbatdagi muzokaralar 8 mayda Vashingtonda bo‘lib o‘tadi.

Top