17:46 / 08.05.2019
3866

«Ipoteka-bank» ATIB tomonidan «Investitsiya kuni» doirasida chet ellik investorlar va ekspertlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Uchrashuv «Ipoteka-bank» ATIBda bank hamkori bo‘lgan «Asia Frontier Capital Ltd.» tomonidan tashkil etilgan «AFC Uzbekistan Fund» investitsiya fondi ko‘magida tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvda «AFC Uzbekistan Fund» fondi tomonidan O‘zbekistonga taklif etilgan AQSh, Buyuk Britaniya, Shveytsariya, Germaniya, Singapur, Gonkong va Hindistondan tashrif buyurgan xorijiy investorlar va xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.

Yurtimiz mehmonlariga so‘nggi yillarda mamlakatimizda investorlarga yaratilayotgan imkoniyatlar va xududlarning hamda tarmoqlarning investitsiya salohiyati, shuningdek, bank-moliya tizimida bo‘layotgan o‘zgarishlar va investorlar uchun berilayotgan imtiyozlar to‘g‘risida batafsil ma'lumotlar taqdim etildi.

O‘z navbatida, «Ipoteka-bank» ATIB tomonidan xorijiy ekspertlar va investorlar tomonidan bank faoliyati, xalqaro reyting ko‘rsatkichlari va investitsiya kiritish masalalari yuzasidan qiziqtirgan savollariga javoblar berilib, uchrashuv natijasiga ko‘ra o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida kelishib olindi.

Reklama huquqi asosida

Top