8562.34 USD +26.60

9731.96 EUR +165.96

135.34 RUB +2.77

10908.4 GBP +161.92

11:58 / 08.05.2019 11382

Narxlarning davlat tomonidan tartibga solinishini bekor qilish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda

Foto: KUN.UZ

O‘zbekistonda narxlarning davlat tomonidan tartibga solinishini bekor qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan ishlab chiqilgan prezident qarori loyihasida aytiladi.

Loyiha 2019-2021 yillarda davlat ishtirokidagi korxonalarga egalik qilish, boshqarish va isloh qilish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha strategiyani o‘z ichiga oladi.

Davlat organlari tomonidan narxlarni belgilash va tasdiqlash siyosatidan voz kechish bilan birga, davlat ishtirokidagi korxonalar tovarlar va xizmatlari narxlarini liberallashtirish hamda bozor sharoitida narxlarni shakllantirishga o‘tish nazarda tutiladi.

Agar loyiha ushbu shaklda qabul qilinsa, unda 2020 yil iyuliga qadar davlat organlari tomonidan narxlarni belgilash amaliyoti o‘rganib chiqiladi hamda o‘sha yil sentyabrigacha uni bekor qilish bo‘yicha takliflar tayyorlanadi.

Top