8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

15:54 / 08.05.2019 8632

Nurafshon shahrida oliy ta'lim muassasasi tashkil etish taklif qilindi

Foto: Shosh.uz

“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida Toshkent viloyati Nurafshon shahrida oliy ta'lim muassasasini tashkil etish haqida petitsiya e'lon qilindi.

Nurafshon shahri 2017 yildan buyon Toshkent viloyatining ma'muriy markazidir. Bugungi kunda sobiq To‘ytepa shahri negizida zamonaviy, Markaziy Osiyodagi ilk “aqlli shahar” (smart city)ni qurish ishlari boshlab yuborilgan. Shaharning iqtisodiyoti bugun jadallik bilan rivojlanmoqda. Hozirda Nurafshonga viloyatning barcha boshqarmalari, korxonalari va tashkilotlari ko‘chirilmoqda. Hozirgi kunda shaharda jami 13 ta umumta'lim maktabi, 1 ta kollej mavjud bo‘lib, 45.000 mingga yaqin aholi istiqomat qiluvchi 22 ta mahalla fuqarolar yig‘ini bor, deyiladi murojaatda.

“Zamonaviy axborot texnologiyalaridan xabardor bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalash va Nurafshon shahrining nufuzini yanada oshirish maqsadida oliy ta'lim muassasasini tashkil etish lozim. Bu orqali biz har yili ko‘plab oliy ma'lumotga ega yosh kadrlarni tayyorlashga erishamiz”, - deb yozadi petitsiya muallifi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Nurafshon shahrida qurilayotgan Smart city joylashgan maydonning ma'lum bir qismida oliy ta'lim muassasasini tashkil etish taklif qilindi.

Top