14:30 / 08.05.2019
7839

O‘zbekiston olimpiya jamoasi Misr bilan o‘ynaydi

O‘zbekiston olimpiya jamoasi kelasi yilning yanvar oyida Tailandda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Unda dastlabki uchta o‘rinni egallagan jamoalar Tokio-2020 Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

O‘FA sayti xabariga ko‘ra, mana shu musobaqaga jiddiy tayyorgarlik ko‘rish maqsadida O‘zbekiston olimpiya jamoasi iyun oyida Misr olimpiya jamoasi bilan o‘ynaydi. Bahslar 9 iyun kuni Andijonda va 11 iyun kuni  Namanganda o‘tkaziladi.

Misr olimpiya jamoasining so‘nggi o‘rtoqlik o‘yinlaridagi qaydnomasiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, tarkibda Belgiyaning «Gent», Qohiraning «Al-Ahliy», Iskandariyaning «Al-Ittihod» kabi kuchli klub vakillari borligini ko‘rish mumkin.

Darvozabonlar: Umar Saloh («Zamalek»), Umar Rizvon («Al-G‘una»), Shahob Xolid («Ad-Dahliya»).

Himoyachilar: Mahmud Al-G‘azzor («Al-Ahliy»), Usoma Jalol («Makassa»), Mahmud Marey («Vodiy Dajla»), Marvon An-Najjor («Al-Ittixad»), Ahmad Abu Fotih («Zamalek»), Karim Al-Iroqiy («Al-Masriy»), Abdulvahhob Ismoil («Mokavlun»).

Yarimhimoyachilar: Ahmad Hamdiy, Akram Tovfiq, Nosir Mohir (barchasi «Al-Ahliy»), Ahmad Bekhem («Vodiy Dajla»), Vajix Abdulhakim («Ismoiliya»), Ahmad Mustafo («Gent» Belgiya), Muhab Yosir («Nujum»), Ibrohim Abdulkaviy («Smuxa»), Yusuf Al-Javhariy («Mokavlun»).

Hujumchilar: Ahmad Rayyan, Karim Volid Nedved (ikkalasi - «Al-Ahliy»), Tohir Muhammad («Mokavlun»), Nosir Mensi («Payramids»), Sharif Rizo («Smuxa»), Abdulla («Al-Jaish»).

Top