8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

14:23 / 08.05.2019 92279

O‘zbekistonda yana bir «samosud» videosi tarqaldi

Internet tarmog‘ida bir guruh ayollar tomonidan uyushtirilgan «samosud» holati tasvirlangan video paydo bo‘ldi.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari xabariga ko‘ra, ayollar ko‘chaning o‘rtasida, odamlar gavjum bo‘lgan joyda boshqa bir ayolni kaltaklashgan.

Go‘yoki «samosud» qilingan ayol zo‘ravon ayollardan birining oilasi buzilishiga sababchi bo‘lgan. O‘z navbatida, foydalanuvchilar ma'lumotiga ko‘ra, jabrlanuvchi tajovuzkor ayolning oilasini buzgan.

Ma'lum bo‘lishicha, voqea Angren shahrida yuz bergan. Ushbu hodisa aynan qachon sodir bo‘lgani hozircha noma'lum. Toshkent viloyati huquqni muhofaza qilish organlari holat bo‘yicha ma'lumot bermadi.

Top