8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

14:49 / 08.05.2019 20946

O‘zbekistonlik chegarachi qozog‘istonlik cho‘kayotgan ayolni qutqardi

«Keles» kanali / Foto: Wikipedia

«Keles» kanalida cho‘kayotgan qozog‘istonlik ayolni o‘zbekistonlik chegarachi qutqargani xabar qilinmoqda. 33 yoshli ayolga tibbiy yordam ko‘rsatilgan, endi uning hayotiga hech qanday xavf yo‘q.

Voqea 4 may kuni sodir bo‘lgan. 33 yoshli Aynar Askarova «Keles» kanaliga tushib ketganida DXX chegara qo‘shinlari xizmatchisi va Javlon Terminal Group kompaniyasi xodimi birgalikda ayolni qutqarib qolganlar. 

Qayd etilishicha, keyinchalik ayolga tibbiy yordam ko‘rsatishda qozog‘istonlik chegarachilar ham ishtirok etganlar.

Top