8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

08:04 / 08.05.2019 32660

TIV: Tula yaqinida pichoqlangan ayol O‘zbekistonda dafn etildi 

Foto: Videodan kadr

O‘zbekistonning Moskva shahridagi elchixonasi konsullik bo‘limi Tula oblasti Uzlovaya shahrida fuqaro U.Egamurotovaning o‘ldirilishi bilan bog‘liq vaziyatni kuzatib borishda davom etmoqda, deyiladi TIV tomonidan tarqatilgan xabarda.

Bildirilishicha, marhuma kelib chiqishiga ko‘ra haqiqatdan ham o‘zbekistonlik bo‘lib, 2011 yilda doimiy yashash joyini Rossiyaga ko‘chirgan hamda Rossiya Federatsiyasi fuqaroligini olib O‘zbekiston fuqaroligidan voz kechgan.

2019 yilning 1 may kuni U.Egamurotovaning jasadi, vatandosh sifatida, O‘zbekistonga yetkazildi hamda 2 may kuni vatanda dafn etildi. Jasadni jo‘natish va dafn etish xarajatlarini rossiyalik ish beruvchi o‘z zimmasiga oldi. Marhumaning 3 nafar farzandi – Rossiya fuqarolari Tula viloyatida o‘z otalari – Rossiya fuqarosi qaramog‘ida qoldi.

Ayni paytda Tula viloyati Tergov boshqarmasi Uzlovaya shahri tergov bo‘limi tomonidan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismida ko‘zda tutilgan jinoyat (odam o‘ldirish) alomatlari bo‘yicha ochilgan jinoyat ishining tergov jarayonlari davom etmoqda. Mazkur jinoyatni sodir etganlikda gumonlanayotgan Rossiya fuqarosi qamoqqa olingan. 

Ayni paytda u bilan tergov ishlari olib borilmoqda va u Rossiya Jinoyat kodeksi doirasida o‘z qilmishiga yarasha jazo oladi, deyiladi xabarda.

Teglar

Top