13:46 / 08.05.2019
26405

Toshkent viloyatida ruhiy kasalliklar dispanserida ro‘yxatda turuvchi shaxs ustaning umriga zomin bo‘ldi

Illyustrativ foto

Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida mudhish hodisa yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

Joriy yil 6 mayga o‘tar kechasi Zangiota tumanida yashovchi, ruhiy kasalliklar dispanserida ro‘yxatda turuvchi 39 yoshli Sh.I. mast holda “Chortoq” mahallasi Yangihayot 4-tor ko‘chasi raqamsiz uyda o‘zaro janjal sabab shu uyda ta'mirlash ishlarini olib borayotgan ustani, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal'a tumanida yashagan 57 yoshli R.Sh.ning yuzi va tanasining turli joylariga qo‘llari bilan urib jarohat yetkazgan.

R.Sh. olgan tan jarohatlari tufayli vafot etgan. Sh.I. ushlangan. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid
Top