9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

14:08 / 08.05.2019 10452

Ukraina 9 may arafasida Rossiya bilan chegarani qo‘riqlashni kuchaytirdi

Foto: Aleksandr Polegenko/RIA «Novosti»

Ukraina 9 may kuni arafasida Rossiya bilan chegaradagi xavfsizlikni kuchaytirdi. Bu haqda RIA «Novosti» mamlakatning chegara xizmati matbuot xizmatiga tayanib xabar tarqatdi.

Qayd etilishicha, Ukraina chegarachilari chegara xavfsizligini yanada mustahkamlay boshladilar. Bu rossiyalik baykerlar mamlakatga kira olmasligi, shuningdek «qurollar Ukrainaga olib kirilishining oldini olish uchun» qilinmoqda.

«Davlat chegarasidagi xavfsizlik kuchaytirish choralari Ukraina hududiga qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar, boshqa terror vositalari olib kirilishining oldini olish maqsadida amalga oshirilmoqda», - deya ta'kidlab o‘tishgan matbuot xizmatida.

Top