8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

08:31 / 09.05.2019 1700

Gruziyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Foto: TIV axborot xizmati

2019 yilning 8 may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Gruziyaning yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Zurab Abdushelishvilini qabul qildi.

Ishonch yorliqlari nusxasini olar ekan, vazir elchini faoliyati boshlangani bilan tabrikladi va muvaffaqiyat tiladi, deyiladi TIV xabarida.

Muloqot chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, turizm, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda hamda xalqaro tashkilotlar doirasidagi O‘zbekiston-Gruziya munosabatlarining holati va istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Turli sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan ikki tomonlama savdoni oshirish hamda yetkazib beriladigan tovar va xizmatlar nomenklaturasini kengaytirish hisobidan aloqalarni mustahkamlashga ikki tomon ham qiziqish bildirdi.

2019 yil 16 iyuldan «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK tomonidan Toshkent-Tbilisi-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlarning yo‘lga qo‘yilishi ikki tomonlama aloqalarni faollashtirishga va turizm sohasidagi samarali hamkorlikni rivojlantirishga imkon berishi ta'kidlandi.

Uchrashuvda ayrim xalqaro va mintaqaviy masalalar ham muhokama qilindi, deyiladi xabarda.

Top