8562.34 USD +26.60

9731.96 EUR +165.96

135.34 RUB +2.77

10908.4 GBP +161.92

15:21 / 09.05.2019 12689

Lukashenko Belarusda hokimiyatni ag‘darish imkonsiz ekanligini aytdi

Foto: Vasiliy Fedosenko / EPA / TASS

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakatning amaldagi hukumatini ag‘darishning imkoni yo‘qligini, respublika o‘z tarixi mobaynida bunday urinishlarga duch kelganligini aytdi.

"Bizni bugun Venesuelada bo‘layotganidek, kecha Suriya, Liviya va boshqa davlatlarda boshlanib davom etayotgani  kabi egish yoki ag‘darish imkonsiz. Biz birdamligimiz tufayli bundan o‘tdik... mamlakatimizni qutqarib qoldik", - dedi Lukashenko.

Lukashenkoning aytishicha, Belarus uchun iqtisodiyotdagi salbiy holatlardan boshqa xatar yo‘q.

"Iqtisodiyot esa bizmiz", - dedi u har bir fuqaroni "ko‘ngildagidek ishlash"ga chaqirarkan. 

Top