10:48 / 09.05.2019
5149

Yer olib berish bahonasida 10 000 dollarga chuv tushirgan shaxs ushlandi

Illyustrativ foto

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida joriy yil 7 may kuni tuman IIBga hujjatlar tushgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

Unda 2018 yil 6 dekabr kuni Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashovchi 34 yoshli I.I. tanishi, Chilonzor tumanida yashovchi 51 yoshli N.M.ning uyida unga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Toshkent shahar Yunusobod tumanida joylashgan “Ahmad Donish” savdo bozori oldidan 13 sotix yer olib berishini aytib, ishonchiga kirib, undan firibgarlik yo‘li bilan 10 000 AQSh dollarini olib, shu kunga qadar bergan va'dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi ko‘rsatilgan.

I.I. ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid
Top