8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

21:44 / 10.05.2019 8221

Torontoda yo‘lovchi samolyoti benzovoz bilan to‘qnashib ketdi   

Torontodagi Pirson aeroportida Air Canada Jazz aviakompaniyasi yo‘lovchi samolyotining benzovoz bilan to‘qnashishi oqibatida 5 kishi jabrlandi. Bu haqda CBC telekanali xabar berdi.  

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, samolyot Torontodan Sadberiga reys amalga oshirayotgan bo‘lgan, biroq yomon ob-havo sababli Pirsonga qaytgan.

Politsiyada ta'kidlanishicha, samolyotda 51 kishi bo‘lgan.  

Voqea oqibatida 5 kishi: 2 uchuvchi, styuardessa va 2 yo‘lovchi jarohat olgan.

Benzovoz haydovchisiga transport vositasini xavfli haydash ayblovi bildirilgan. 

Top