8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

14:39 / 10.05.2019 7796

Toshkentdagi «Quyuv mexanika zavodi» hududida yong‘in yuz berdi

10 may kuni soat 13:25da 101 raqamiga Bektemir tumani X.Boyqaro ko‘chasida joylashgan quyuv-mexanik zavodi hududida yong‘in yuz berayotgani haqida xabar kelib tushgan.

Toshkent IIBB xabarida aytilishicha, sisternadan sizib chiqqan mazut (neft qoldig‘i) yoqilg‘isi yonib ketgan.

Yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlarining tezkor harakati tufayli yong‘in o‘chirildi. Yong‘in sababi va zarar miqdori aniqlashtirilmoqda. Jabrlanganlar yo‘q.

«Hurmatli fuqarolar, yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat'iy rioya qilish kerakligini eslatib o‘tamiz», - deyiladi IIBB xabarida.

Top