8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

11:03 / 10.05.2019 6982

Yevropa ligasi finalida yana Emeri. Bu - rekord

Foto: REUTERS

«Arsenal» Yevropa ligasi yarim finalida «Valensiya»ni ikkala o‘yinda ham mag‘lub etib (3:1, 4:2), finalga chiqdi.

Natijada «to‘pchilar» ustozi Unai Emeri murabbiylik faoliyatida to‘rtinchi marta Yevropa ligasi finalida ishtirok etadigan bo‘ldi. Squawka ma'lumotiga ko‘ra, bunday natija hozirgacha boshqa hech qaysi murabbiyga nasib etmagan.

Eslatib o‘tamiz, Emeri 2014, 2015 va 2016 yillarda «Sevilya» ustozi sifatida YeLda g‘olib chiqqan edi.

«Arsenal» bosh sovrin uchun bahsda «Chelsi»ga ro‘baro‘ keladi. Final 29 may kuni Bokudagi «Olimpiya» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Top