8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

13:30 / 11.05.2019 28308

Ignatiy Nesterov futboldan 8 oyga chetlatildi

Foto: KUN.UZ

OFK O‘zbekiston milliy jamoasi darvozaboni Ignatiy Nesterovni 8 oyga futboldan chetlatgan. Bu haqda futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev o‘zining telegram kanalida yozgan. Ma'lum bo‘lishicha, Nesterovni 16 oyga chetlatishlari ham mumkin bo‘lgan.

Diskvalifikatsiya muddati 13 fevraldan boshlab hisoblanadi va darvozabon 13 oktyabrdan boshlab o‘yinlarda qatnashishi, 13 avgustdan esa biror klub bilan shartnoma imzolab, mashg‘ulotlarni boshlashi mumkin. Nesterov Osiyo kubogida O‘zbekiston milliy jamoasi safida ko‘rsatgan yorqin o‘yini sabab Saudiyaning «Uhud» jamoasidan taklif olgan va faoliyatini aynan shu jamoa safida davom ettirayotgandi.

«Uhud» safida o‘ynayotgan vaqtda Nesterovning qonida doping aniqlangani bois u futboldan chetlatilgandi. Darvozabon vazn tushirish uchun qo‘llaniladigan taqiqlangan vositani Osiyo Kubogi vaqtida qabul qilgani aniqlangan. Ignatiy Nesterov Osiyo Kuboklarida eng ko‘p – 5 marta qatnashgan osiyolik yagona futbolchi hisoblanadi.

Top