14:26 / 11.05.2019
40392

Toshkentda noqonuniy xorij valutasiga uy sotib olgan shaxs va uyni sotgan fuqaro qo‘lga olindi

Foto: Shutterstock

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti ichki ishlar idoralari bilan hamkorlikda respublika hududida noqonuniy valuta ayirboshlash va noqonuniy xorij valutasiga savdo qilish holatlariga qarshi faol tadbirlar olib borilmoqda.

Xususan, kuni kecha fuqaro R.T. 25 ming AQSh dollar evaziga poytaxtning Chilonzor tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro N.L.dan 2 xonali xonadon sotib olish vaqtida huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan yuqoridagi fuqarolarga nisbatan Jinoyat kodeksining 177- (valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) va 189-moddalari (savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Qayd etilishicha, tergov-surishtiruv tadbirlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid
Top